Logo

Vitebskda O'zbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Sentabr 02, 2025. 20:01 • 53 soniya

208
Vitebskda O'zbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 2-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun rasmiy tashrif bilan  Vitebsk shahriga borgan O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohada va parlamentlar o'rtasidagi hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi. Ta'kidlanganidek, ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi muloqot va oliy darajadagi tashriflar davlatlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.


Ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oxirgi yillarda 5 barobarga oshdi. Sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va turizm sohalarida qo'shma loyihalar amalga oshirilmoqda.


Madaniy-gumanitar sohada "Sharq taronalari", "Slavyanskiy bazar" kabi festivallar o'tkazish orqali hamkorlik kuchaygani ta'kidlandi. Ta'lim yo'nalishida 45 ta oliy o'quv tashkilotlari hamkorligi yo'lga qo'yilib, ikki mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.


Parlamentlararo yo'nalishda tashriflar, qo'shma forumlar va komissiya faoliyati izchil davom etmoqda. Joriy yilda "do'stlik guruhi" Hamkorlik bo'yicha parlamentlararo komissiyaga aylantirilgani muhim qadam sifatida baholandi.


Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish