O'sh shahrida "Network Expo Uzbekistan – Osh-2025" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi
Avgust 15, 2025. 12:38 • 2 daq
• 98
O'Sh, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 10-11-avgust kunlar O'sh shahrida "Network Expo Uzbekistan – Osh-2025" O'zbekiston-Qirg'iziston tadbirkorlari mahsulotlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazma O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida tashkil etildi.
Iqtisodiy tadbirning ochilish marosimida O'sh shahar meriyasi Xalqaro aloqalar departamenti rahbari Mirlan Israilov, Qirg'iziston Tashqi ishlar vazirligining O'sh, Jalolobod va Botken viloyatlaridagi vakolatxonasi xodimlari, oliy o'quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va mahalliy tadbirkorlar qatnashdi.
Unda O'zbekistonning ta'lim, oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish, farmatsevtika va IT sohalarida faoliyat olib borayotgan korxonalari mahsulotlari hamda davlat va xususiy oliy o'quv yurtlari imkoniyatlari taqdim etildi.
Jumladan, Adju universiteti, Fan va texnologiyalar universiteti, Turon xalqaro universiteti, Qo'qon davlat universiteti, "Profi University", "Webster University" vakillari O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar
hamda oliy ta'lim muassasalarida talabalarni yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida so'zlab berdi.
"Max Elite", "Fibber", "PowerFlex", "Nayman Mel" va "Ermak" kompaniyalari xodimlari esa O'zbekistonda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, taqdim etilgan imtiyozlar va eksportbop mahsulotlar haqida to'xtalishdi.
Tadbir davomida ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida "B2B" shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi va bir qator kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, O'zbekiston oliy o'quv yurtlari vakillarining O'sh davlat universiteti va Botirali Sidiqov nomidagi Qirg'iziston-O'zbekiston xalqaro universiteti rahbarlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Muloqotlar davomida ikki mamlakat oliy o'quv yurtlari o'rtasida ilmiy hamkorlik, qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, o'zaro professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi