"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 20-may
May 20, 2025. 00:57 • 57 soniya
• 61

Yilning 140-kuni. Yil yakunlanishiga 225 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
2011-yil: O'zbekiston Prezidenti "Lukoyl" kompaniyasi prezidentini qabul qildi.
2014-yil: O'zbekiston Prezidenti Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengashning IV sammiti yig'ilishida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyurdi.
2016-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya Bosh vazirini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Ar-Riyoz shahrida bo'ladigan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
2020-yil: Xalqaro valyuta jamg'armasi rahbari O'zbekiston Prezidentiga COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun O'zbekistonga moliyaviy yordam ko'rsatish to'g'risida xat yo'lladi.
Toshkentning Yashnobod tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi barpo etildi. Davlatimiz rahbari ushbu muassasani borib ko'rdi.
O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko'chasi kesishmasidagi yo'l o'tkazgichni ko'zdan kechirdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Jahonda:
- "Butunjahon asalarilar kuni";
- "Jahon metrologiya kuni";
- Indoneziyada "Milliy uyg'onish kuni";
- Kubada birinchi Konstitutsiya qabul qilindi (1902);
- Kambojada "Xotira kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi