"Xotira nuri" – hali oramizda hayot bo'lgan faxriy vatandoshlarimizning dil so'zlari aks etgan ibratli kitob
May 09, 2025. 10:21 • 58 soniya
• 51
TOSHKENT, 9-may. /"Dunyo" AA/. 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida "Xotira nuri" kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbek va rus tillarida nashr bo'lgan ushbu kitob Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, og'ir kunlarni boshidan kechirgan, urush dahshatlariga guvoh bo'lgan va hozirgi kunda hayot bo'lgan o'zbekistonlik faxriylar hikoyasiga asoslangan noyob xotiralardan iborat.
Kitob sahifalaridagi esdalik, xotiralarni yosh avlod tomonidan yozib olingani esa, chin ma'noda tahsinga loyiqdir.
"Xotira nuri" – hali oramizda hayot bo'lgan faxriy vatandoshlarimizning dil so'zlari aks etgan ibratli kitob. Ularning sinovlarga to'la hayot yo'li, jasoratlari orqali tinchlik qadrini yanada teranroq anglagandek bo'lasiz.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va guvohlarning xotiralarini jamlash, saqlab qolish tarixga va insonga bo'lgan cheksiz ehtiromning yorqin ifodasidir.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatdan jami 14 nafar urush faxriylari xotiralari asosida shakllangan ushbu kitob shoirning "Urush, noming o'chsin jahonda" ovozi o'laroq baralla yangraydi.
Bu kitob – shunchaki xotiralar to'plami emas, bu – avlodlar muloqoti, haqiqat va ruhni charxlaydigan suhbatlar, urush dahshatlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan odamlarning achchiq xotira va e'tiroflaridir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi