Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 8-avgust

Avgust 08, 2025. 07:12 • 40 soniya

53
"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 8-avgust

 Yilning 220-kuni. Yil yakunlanishiga 145 kun qoldi

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1996 yil: O'zbekiston va Yamayka o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

2008 yil: O'zbekiston Prezidenti XXIX yozgi Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xitoyga bordi.

2010 yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2017 yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidentini qabul qildi.

2022 yil: O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

2023 yil: O'zbekiston Prezidenti Turkiyaning "Cengiz Holding" kompaniyasi boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2024 yil: Qozog'iston Prezidentining Oqo'rda qarorgohida O'zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro alpinizm kuni";

- Germaniyada dunyoda birinchi bo'lib avtomobillarni avtomatik yuvish uskunasi patentlandi. (1962 yil). 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish