"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 10-may
May 10, 2025. 06:56 • 58 soniya
• 74

Yilning 130-kuni. Yil yakunlanishiga 235 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: O'zbekiston Eron va Pokiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi.
1997-yil: O'zbekiston Prezidenti Surxondaryo viloyatida bo'lib, iqtisodiy va qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.
2003 yil: O'zbekiston jamoatchiligi buyuk o'zbek yozuvchisi G'ofur G'ulomning 100 yillik yubileyini keng nishonladi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkentda O'zbekiston xalq shoirining haykali ochilishiga bag'ishlangan marosim bo'lib o'tdi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissarini qabul qildi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti poytaxtimizdagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi hamda Uchtepa tumanidagi umumta'lim maktabi va tikuvchilik sexini borib ko'rdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi islohotlar natijadorligiga oid taqdimot bilan tanishdi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti kambag'allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash masalalari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.
Davlatimiz rahbari qishloq xo'jaligini iqlim o'zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Jahonda:
- Ozarbayjonda "Gullar festivali";
- Germaniyada "Kitoblar kuni";
- Xristofer Kolumb tomonidan Kayman orollari kashf etildi;
- Qirg'izistonda milliy valyuta – som muomalaga kiritildi (1993-yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi