Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 11-avgust

Avgust 11, 2025. 07:06 • 43 soniya

47
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 11-avgust

Yilning 223-kuni. Yil yakunlanishiga 142 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1998-yil: Buxoroda 100 o'rinli viloyat kardiologiya markazining ochilishi bo'lib o'tdi.

2006-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining majlisi bo'lib o'tdi, unda soliq siyosatini yanada takomillashtirishning asosiy yondashuvlari va yo'nalishlari muhokama qilindi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Olmaliq shahriga tashrif buyurdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash hamda Toshkent shahrida xizmatlar sohasida yangi ish o'rinlari tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosini borib ko'rdi.

Buxoro shahrida O'zbekiston Prezidenti raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko'paytirish orqali narx-navo barqarorligini saqlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta'minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 

Jahonda:

- Armanistonda "Milliy o'zlikni anglash kuni";

- Chadda "Mustaqillik kuni";

- Pokistonda "Bayroq qabul qilingan kun".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish