"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 11-noyabr
Noyabr 11, 2025. 07:29 • 2 daq
• 335

Bugun Oʻzbekistonda Kasaba uyushmalari kuni nishonlanadi.
Oʻzbekistonda:
2014-yil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimizga tashrif buyurgan Amerika–Oʻzbekiston savdo palatasi raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
2018-yil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Polsha Respublikasi mustaqilligining 100-yilligi munosabati bilan Polsha Prezidentini tabrikladi.
2021-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaning Istanbul shahriga tashrif doirasida Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibini qabul qildi.
2022-yil: Samarqand shahrida Oʻzbekiston Prezidenti raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining "Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari" mavzusidagi sammiti boʻlib oʻtdi.
2024-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Ar-Riyoz shahrida Saudiya Arabistoni Valiyahdi, Bosh vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Jahonda:
Angola — Mustaqillik kuni.
Belgiya, Fransiya — Tinchlik toʻgʻrisidagi kelishuv kuni.
Buyuk Britaniya va MDH mamlakatlari — Xotira kuni (Qizil makon guli kuni).
Xitoy — Boʻydoqlar kuni.
Polsha — Milliy mustaqillik bayrami kuni.
Serbiya — Birinchi jahon urushidagi tinchlik toʻgʻrisidagi kelishuv kuni.
AQSH — Veteranlar kuni.
Oʻzbekiston — Kasaba uyushmalari kuni.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi