Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 14-iyun

Iyun 14, 2025. 07:12 • 48 soniya

56
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 14-iyun

Yilning 165-kuni. Yil yakunlanishiga 200 kun qoldi

 

O'zbekistonda:

1999-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Cavdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2000-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Tovarlarning ayrim turlarini chakanalab sotish qoidalariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

2004-yil: Xitoy Raisi davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi.

2006-yil: O'zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun Shanxay shahriga bordi.

2011-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidenti bilan uchrashdi.

2016-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSH Markaziy qo'mondonligi qo'mondonini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskva shahriga bordi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti sog'liqni saqlash va kommunal xizmat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2024-yil: Mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Janubiy Koreya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

 

Jahonda:

- "Butunjahon qon donorlari kuni";

- Litvada "Motam va umid kuni";

- Rossiyada "Migratsiya xizmati xodimlari kuni";

- AQShda "Bayroq kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish