Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 14-sentabr

Sentabr 14, 2025. 08:26 • 52 soniya

305
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 14-sentabr

Yilning 257-kuni. Yil yakunlanishiga 108 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2012-yil: Toshkentda "O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati to'g'risida"gi xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Qo'qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Farg'ona viloyatiga jo'nab ketdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosarini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.

2022-yil: Mo'g'uliston va Qirg'iziston Prezidentlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlik o'rnatish bo'yicha o'rinbosarini qabul qildi.

Eron Prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Xitoy Raisi davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga jo'nab ketdi.

 

 

Jahonda:

- Ruminiyada "Muhandislar kuni";

- Turkmanistonda "Turkman baxshilari kuni";

- Qozog'istonda "Oila kuni"

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish