"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 15-iyun
Iyun 15, 2025. 07:54 • 2 daq
• 64

Yilning 166-kuni. Yil yakunlanishiga 199 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1993-yil: O'zbekiston Prezidenti Qashqadaryo viloyatida bo'lib, shahar va tuman hokimlari, viloyat idora va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashdi. Shu kuni yurtboshimiz viloyat faollari yig'ilishida ma'ruza qildi.
2007-yil: O'zbekiston Prezidenti Navoiy viloyatida bo'ldi.
2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Yekaterinburgda bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etdi.
2012-yil: Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti ma'ruza qildi.
2015-yil: O'zbekiston Prezidenti Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax hamda Osiyo milliy olimpiya qo'mitasi assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi prezidentini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda nutq so'zladi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydoniga tashrif buyurdi.
O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Dushanbeda Bangladesh Prezidenti bilan uchrashdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti BAA hukumat ishlari vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
O'zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan bo'lib turgan "BMT Turizm" (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibini qabul qildi.
Jahonda:
-BMTda Butunjahon keksalarni suiiste'mol qilish haqida xabardorlik kuni.
-Ozarbayjonda "Milliy najot kuni";
-Armanistonda "Davlat bayrog'i kuni";
-Daniyada "Bayroq kuni";
-Qirg'izistonda "O't o'chiruvchilar kuni";
-Kosta-Rikada "Daraxt ekish kuni";
-Rossiyada "Yosh tabiatshunoslar harakati kuni";
-O'zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston rahbarlari tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solingan kun (2001 yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi