Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 15-may

May 15, 2025. 07:02 • 57 soniya

57
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 15-may

Yilning 135-kuni. Yil yakunlanishiga 230 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

2012-yil: O'zbekiston Prezidenti Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

2014-yil: Samarqand shahrida O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan "O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzuida xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi rahbarini qabul qildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Sirdaryo viloyatiga bordi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti vafoti munosabati bilan ta'ziya marosimida ishtirok etish maqsadida ushu mamlakatga jo'nab ketdi.

2023-yil: Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o'tkazilgani bilan samimiy qutladi.

O'zbekiston Prezidenti raisligida kambag'allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2024-yil: Davlatimiz rahbari "Coca-Cola" kompaniyasi raisi va bosh direktorini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibining o'rinbosari – Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbarini qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro oilalar kuni";

- Armanistonda "Oila kuni";

- Eronda "Fors tili kuni";

- Janubiy Koreyada "O'qituvchilar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish