Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 16-iyun

Iyun 16, 2025. 07:04 • 48 soniya

58
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 16-iyun

Yilning 167-kuni. Yil yakunlanishiga 197 kun qoldi

 

O'zbekistonda:

1993-yil: O'zbekiston Prezidenti "O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to'g'risida"gi farmonni imzoladi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidentining "Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimizning Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidentining Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida xizmat ko'rsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida oliy ta'lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari Tatariston Prezidenti boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro oilaviy pul o'tkazmalari kuni";

- Irlandiyada "Blumsdey" bayrami (1904 yildan);

- Janubiy Afrika Respublikasida "Yoshlar kuni" (1976 yildan);

- AQShda "Pepsi-kola" savdo markasi ro'yxatga olingan kun (1903 yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish