"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 16-may
May 16, 2025. 06:15 • 2 daq
• 72

Yilning 136-kuni. Yil yakunlanishiga 229 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1992-yil: Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo mamlakatlar o'rtasida kimyoviy qurollar bo'yicha, ta'lim, madaniyat sohasida va havo hududidan foydalanish to'g'risida bitimlar imzolandi.
1994-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo'nab ketdi.
1995-yil: Toshkentda O'zbekiston va Slovakiya ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-seminari bo'lib o'tdi.
1996-yil: Nukusda "Ayollar bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida" mavzusida ikki kunlik seminar bo'lib o'tdi.
2000-yil: Toshkentda "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida" xalqaro ko'rgazmasi va shu nomdagi konferensiya bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada dunyoning yigirma besh mamlakatidan telekommunikatsiya, neft-gaz, konchilik, qurilish va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida faoliyat ko'rsatuvchi 130 dan ortiq kompaniya qatnashdi.
2012-yil: O'zbekiston Prezidenti Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentini qabul qildi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan AQSHga bordi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo'nab ketdi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Abu-Dabida tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti bilan uchrashdi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
2024-yil: Toshkent shahrida milliy estrada san'ati asoschisi, O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Mamlakatimiz rahbari O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi.
Jahonda:
- "Xalqaro tinch-totuvlik kuni";
- "Xalqaro yorug'lik kuni";
- Polshada "Chegarachilar kuni";
- AQSHda ilk bor "Oskar" mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tdi (1929 y.).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi