"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 18-may
May 18, 2025. 03:40 • 2 daq
• 37

Yilning 138-kuni. Yil yakunlanishiga 227 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1999-yil: Poytaxtimizda "Neft va gaz-99" uchinchi O'zbekiston xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda 21 mamlakatdan 80 dan ortiq neft va gaz qazib oluvchi kompaniyalar ishtirok etdi.
O'zbekiston va Hindiston Hukumatlari o'rtasida "investitsiyalarni o'zaro himoyalash va rag'batlantirish to'g'risida"gi bitim imzolandi.
2000-yil: Rossiya Prezidenti ikki kunlik amaliy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.
2004-yil: O'zbekiston Prezidenti Eron Tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
2006-yil: O'zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish uchun bugun Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
2016-yil: O'zbekiston Prezidenti Bolgariya Bosh vazirini qabul qildi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi "Boing-787" samolyotini ko'zdan kechirdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Jahon banki prezidentining o'rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisi doirasida O'zbekiston tomonidan taklif etilgan Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to'g'risidagi rezolyutsiya loyihasi BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.
2023-yil: O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi.
Sian shahridagi Tan sulolasi bog'ida "Markaziy Osiyo – Xitoy" birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Mamlakatimiz rahbari Sian shahrida o'tayotgan sammit doirasida Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi.
Jahonda:
- Rossiyada "Boltiq floti kuni";
- Turkmanistonda Konstitutsiya va Davlat bayrog'i qabul qilingan kun hamda Maxtumquli Firog'iy tavalludi, birligi va she'riyati kuni;
- AQShda grammofon yozuvi ilk bor namoyish etildi (1888);
- Gaitida "Birinchi bayroq kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi