Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 19-iyun

Iyun 19, 2025. 07:17 • 40 soniya

133
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 19-iyun

Yilning 170-kuni. Yil yakunlanishiga 195 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: O'zbekiston va Iroq o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

1996-yil: Buxoroda Fayzulla Xo'jayev haykali ochildi.

1997-yil: Toshkentda Ozarbayjon elchixonasi ochildi.

1998-yil: Toshkentda Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan "Oila" Respublika ilmiy-amaliy markazining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Portugaliya Prezidentiga ushbu mamlakatning markaziy qismini qamrab olgan o'rmon yong'inlari oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani va vayronliklar yuzaga kelgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo'lladi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidentiga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

O'zbekiston Prezidenti maktabgacha va maktab ta'limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- "Mojarolarda jinsiy zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni";

- Jazoirda "Inqilob kuni";

- Kuvaytda "Mustaqillik kuni";

- AQShda "Emansipatsiya kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish