Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 22-iyun

Iyun 22, 2025. 04:38 • 57 soniya

97
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 22-iyun

Yilning 173-kuni. Yil yakunlanishiga 192 kun qoldi

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: Norvegiya elchisi O'zbekiston Prezidentiga ishonch yorlig'ini topshirdi.

1994-yil: Toshkentda Respublika ko'chmas mulk birjasida birinchi kim oshdi savdosi bo'lib o'tdi.

2006-yil: O'zbekiston Prezidenti Kuvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi bosh direktorini qabul qildi.

2011-yil: O'zbekiston Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

2016-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoy Raisi bilan birgalikda Oliy Majlisga tashrif buyurib, deputatlar va senatorlar bilan uchrashdi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Marg'ilondan Qo'qonga ilk bor elektropoyezd qatnay boshladi. Davlatimiz rahbari Qo'qonga ushbu poyezdda bordi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo'lib turgan Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibini qabul qildi.

2022-yil: O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.

Jahonda:

- Rossiya, Belarus va Ukrainada "Xotira va qayg'u kuni";

- Kolumbiyada "Advokatlar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish