Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 24-iyun

Iyun 24, 2025. 07:05 • 55 soniya

67
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 24-iyun

Yilning 175-kuni. Yil yakunlanishiga 190 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: O'zbekiston va Gvineya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.

O'zbekiston Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi.

2016-yil: O'zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida nutq so'zladi.

O'zbekiston Prezidenti Afg'oniston, Qirg'iziston, Pokiston hamda Mo'g'uliston Prezidentlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidentining Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti qildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida investitsiya va eksport sohalaridagi ishlar natijadorligi, yil yakunigacha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti "BRIKS plyus" formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo'yicha yuqori darajali muloqotda ishtirok etdi.

2024-yil: Davlat tashrifi bilan O'zbekistonga kelgan Mo'g'uliston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Prezidenti va Rossiya Prezidentining telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi. Davlatimiz rahbari Dog'istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo'lganlarning oilalariga ta'ziya va dalda so'zlarini bildirdi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro diplomatiyadagi ayollar kuni";

- Shotlandiyada "Mustaqillik kuni";

- Gruziyada dunyodagi birinchi bolalar temir yo'li ochildi (1935-yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish