"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 24-may
May 24, 2025. 07:27 • 2 daq
• 61

Yilning 144-kuni. Yil yakunlanishiga 221 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1993-yil: O'zbekiston va Hindiston hukumatlari o'rtasida "Havo qatnovi to'g'risidagi" hamda "Savdo va iqtisodiy hamkorlik to'g'risida"gi bitimlar imzolandi.
1997-yil: O'zbekiston va Moldova hukumatlari o'rtasida "Ta'lim sohasida hamkorlik qilish to'g'risida", "Sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to'g'risida", "Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi hamkorlik to'g'risida" va "Moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning asosiy prinsiplari to'g'risida"gi bitimlar imzolandi.
2002-yil: O'zbekiston Prezidenti Yaponiya Liberal demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi va ushbu partiyadan mamlakat parlamentiga saylangan deputatni qabul qildi.
Toshkentda yer qatlamida neft va gazning vujudga kelishi va to'planishining geodinamik holatiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo'lib o'tdi. Shu yerning o'zida "Neft va gaz OGU-2002" ko'rgazmasi ochildi.
2016-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonni imzoladi.
2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkentdagi Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
2021-yil: Davlatimiz rahbari hududlarda maktabgacha ta'lim muassasalari qamrovini kengaytirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidenti Rossiya yetakchisi bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda ikki davlat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
2023-yil: Toshkentda Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi hamda O'zbekiston va Singapur Prezidentlarining muzokaralari bo'lib o'tdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidentining "Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi.
Jahonda:
- "Yevropa parklari kuni";
- Rossiya, Bolgariya va Shimoliy Makedoniyada "Slavyan adabiyoti va madaniyati kuni";
- Eritreyada "Mustaqillik kuni";
- Braziliyada "Milliy qahva kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi