Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 25-iyun

Iyun 25, 2025. 07:02 • 58 soniya

53
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 25-iyun

Yilning 176-kuni. Yil yakunlanishiga 189 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1992-yil: O'zbekiston Prezidentining Qozog'iston Prezidenti bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ikki davlat o'rtasida "Do'stlik, hamkorlik va o'zaro yordam to'g'risida"gi shartnoma imzolandi.

1993-yil: Samarqand - Karachi yo'nalishi bo'yicha birinchi xalqaro yo'lovchi aviareysi amalga oshirildi.

1998-yil: Toshkentda "O'zbekiston–Latviya" jamiyatini tashkil etishga bag'ishlangan ta'sis yig'ilishi bo'lib o'tdi.

2004-yil: O'zbekiston Prezidenti Ukraina Bosh vazirini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Sloveniya Prezidentini milliy bayram – Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi.

O'zbekiston Prezidenti Xorvatiya milliy bayrami – Davlatchilik kuni munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidentiga tabrik yo'lladi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti "Tashkent City" qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Prezidenti Olmazor tumanida bo'lib, bu yerda barpo etiladigan G'alaba bog'i yuzasidan ko'rsatmalar berdi.

O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada joriy yilning birinchi yarim yilligida kutilayotgan natijalar va sifat o'zgarishlarini tahlil qilishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

O'zbekiston Prezidenti mahallalar obodligini ta'minlash bo'yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro dengizchilar kuni";

- Sloveniya va Xorvatiyada "Davlatchilik kuni";

- Mozambikda "Mustaqillik kuni";

- AQShda birinchi rangli teleko'rsatuv namoyish etildi (1951-yil).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish