Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26-iyun

Iyun 26, 2025. 07:04 • 2 daq

82
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26-iyun

Yilning 177-kuni. Yil yakunlanishiga 188 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1995-yil: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasida O'zbekiston Prezidentining "O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

1998-yil: Qirg'iziston poytaxtida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Bosh vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

2014-yil: O'zbekiston Prezidenti joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Farg'ona viloyatida bo'ldi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko'rdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko'rsatkichlarini ta'minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida hududlarda sanoatni rivojlantirish, bo'sh turgan bino va yerlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga kasb bayrami munosabati bilan tabrik yo'lladi.

2024-yil: O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro giyohvand moddalarni suiiste'moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni";

- " Qiynoqlar qurbonlarini qo'llab-quvvatlash xalqaro kuni";

- Ozarbayjonda "Qurolli kuchlar kuni";

- Turkmaniston va Belarusda "Prokuratura organlari xodimlari kuni";

- Ruminiyada "Davlat bayrog'i qabul qilingan kun";

- Madagaskarda "Mustaqillik kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish