Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26 oktabr

Oktabr 26, 2025. 08:05 • 36 soniya

182
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 26 oktabr

Yilning 299-kuni. Yil yakunlanishiga 66 kun qoldi

Ushbu sanada Oʻzbekistonda:

2017-yil: Oʻzbekiston Prezidenti va Turkiya Bosh vaziri ikki mamlakatning moliya va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

2018-yil: Oʻzbekiston Prezidenti "Turkiston" va "Yunusobod" stansiyalari qurilishi bilan yana bir bor tanishdi. Shuningdek, Yunusoboddagi zamonaviy ishbilarmonlik markazi — "Business City" loyihasi bilan ham tanishdi.

2020-yil: Oʻzbekiston Prezidenti qator qurilish obyektlari loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

2022-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 22-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi.

2023-yil: Oʻzbekiston Prezidenti tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Qozogʻiston Parlamenti Majlisi Raisini qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti huzurida energetika bozori regulyatori faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Jahonda:

- Avstriyada "Milliy kun".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish