Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-aprel

Aprel 27, 2025. 07:35 • 2 daq

100
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-aprel

Yilning 117-kuni. Yil yakunlanishiga 248 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1992-yil: Turkiya Bosh vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.

1994-yil: Toshkentda Germaniya kitoblari ko'rgazmasi ochildi.

1998-yil: Toshkentda dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasining ta'sis qurultoyi bo'lib o'tdi.

2004-yil: O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Neft va gaz tarmog'ining ishchilar ta'minoti korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidentining "Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori imzolandi.

2015-yil: O'zbekiston Butunjahon pochta uyushmasining Umumiy reglamentiga (Doha, 2012 yil 11 oktyabr) qo'shildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Pokistonning Quruqlikdagi qo'shinlar qo'mondoni general-leytenat Kamar Javed Bajva boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti Janubiy Afrika Prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

O'zbekiston Prezidenti Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandrni milliy bayram – Qirol kuni bilan muborakbod etdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti qishloq xo'jaligida loyihalarni amalga oshirish hamda ta'lim sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.

O'zbekiston Prezidenti xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi.

Toshkent investitsiya forumi dasturi doirasida O'zbekiston Prezidenti Qirg'izston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbarini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vazirini qabul qildi.

 

 

Jahonda:

- Avstriyada "Ikkinchi respublika kuni";

- Eronda "Xavfsiz transport kuni" (2017 y.);

- Moldovada "Milliy bayroq kuni";

- Niderlandiyada "Qirol kuni" (2014);

- Sloveniyada "Milliy qarshilik kuni" (1941);

- Serra-Leoneda "Mustaqillik kuni";

- Togoda "Mustaqillik kuni";

- Janubiy Afrikada "Ozodlik kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish