Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-iyun

Iyun 27, 2025. 07:07 • 56 soniya

39
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 27-iyun

Yilning 178-kuni. Yil yakunlanishiga 187 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

O'zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

1992-yil: Pokiston Bosh vaziri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O'zbekistonga keldi. Toshkentda Pokiston elchixonasi ochildi.

1993-yil: Buxoroda O'zbekiston ishbilarmon doiralari vakillarining birinchi Respublika seminari bo'lib o'tdi.

2002-yil: Toshkentda "Markaziy Osiyoda giyohvandlik muammolari: vaziyatni baholash va tegishli choralar" mavzusida mintaqaviy anjuman ish boshladi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida Toshkent shahrida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish, aholi punktlarini obod maskanlarga aylantirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2024-yil: Jizzax viloyatidagi "BYD Uzbekistan Factory" qo'shma korxonasida ilk elektromobillar ishlab chiqarila boshlandi. O'zbekiston Prezidenti ushbu innovatsion zavodni borib ko'rdi.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani tantanali ravishda ochildi.

 

Jahonda:

- "Xalqaro karlar va ko'zi ojizlar kuni";

- "Xalqaro mikro, kichik va o'rta biznes korxonalari kuni";

- Kanadada "Madhiya qabul qilingan kuni";

- Rossiyada "Yoshlar kuni";

- Tojikistonda "Milliy birlik kuni";

- Turkmanistonda "Madaniyat va san'at xodimlari kuni, shuningdek, Maxtumquli Firog'iy she'riyati kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish