Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-iyun

Iyun 28, 2025. 07:28 • 2 daq

72
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-iyun

Yilning 179-kuni. Yil yakunlanishiga 186 kun qoldi

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1993-yil: Toshkentda biznes sohasidagi O'zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari, biznes sohasidagi mutaxassislar vakillarining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

2003-yil: O'zbekiston Prezidenti Fransiya mudofaa vazirini qabul qildi.

2005-yil: O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo'nab ketdi.

2006-yil: O'zbekiston Prezidenti Misr, Jazoir, Falastin va Qozog'istonning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Xitoy Davlat kengashi rahbarining o'rinbosarini qabul qildi.

2011-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiyaning Harbiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha federal agentligi direktorini qabul qildi.

2017-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi prezidentini qabul qildi.

2019-yil: O'zbekiston Prezidenti "Toshkent-Sharqiy" aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko'zdan kechirdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti mis ishlab chiqarishni yana-da rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida paxta hosildorligini oshirish va to'qimachilik mahsulotlari eksportini ko'paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda ikki davlat o'rtasida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilindi.

2024-yil: Yoshlar kuni arafasida O'zbekiston Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, azmu shijoati, bilim va salohiyati bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shayotgan bir guruh faol yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali hamda "Mard o'g'lon" davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo'ldi.

O'zbekiston Prezidenti raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Prezidenti Turkiyaning "Cengiz Holding" kompaniyasi raisi va "Kalyon Holding" kompaniyasi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Jahonda:

- Qozog'istonda "Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni";

- Ukrainada "Konstitutsiya kuni";

- Buyuk Britaniyada "Qurolli kuchlar kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish