Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-may

May 28, 2025. 07:00 • 2 daq

61
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 28-may

Yilning 148-kuni. Yil yakunlanishiga 217 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1996-yil: Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon moliya sektori muammolarini o'rganishga bag'ishlangan ikki kunlik xalqaro seminar o'z ishini boshladi.

2002-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSH Kongressi vakillar Palatasi qurolli kuchlari Qo'mitasining harbiy savdolar bo'yicha ostqo'mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2004-yil: O'zbekiston Prezidenti Ostona shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

2009-yil: Braziliyada O'zbekiston Prezidenti va Braziliya Prezidentining muzokaralari bo'lib o'tdi. Ikki davlat hukumatlari o'rtasida "Qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik to'g'risida", "Madaniy hamkorlik to'g'risida", "Texnikaviy hamkorlik to'g'risida" hamda "Iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlik to'g'risida"gi bitimlar imzolandi.

2015-yil: O'zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o'rtasida "Haydovchilik guvohnomalarini o'zaro tan olish va almashtirish to'g'risida"gi bitim imzolandi.

2019-yil: Toshkentda Germaniya Prezidenti rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Prezidenti ilm-fan va oliy ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti iqtisodiyotda raqobat muhitini ta'minlash va iste'molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

2021-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Rossiya sog'liqni saqlash vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari raisligida ko'p qavatli uy-joylar barpo etish va ularga xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g'alabasi bilan telefon orqali tabrikladi.

 

Jahonda:

- Ozarbayjonda "Respublika kuni";

- Rossiya, Belarus va Qirg'izistonda "Chegarachilar kuni";

- Armanistonda "Birinchi Respublika kuni";

- Efiopiyada "Harbiy tuzum qulagan kun";

- Filippinda "Bayroq kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish