Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 4-may

May 04, 2025. 02:38 • 51 soniya

55
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 4-may

Yilning 124-kuni. Yil yakunlanishiga 241 kun qoldi

 

Ushbu sanada O'zbekistonda:

1999-yil: O'zbekiston Prezidenti mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi.

2010-yil: O'zbekiston Prezidenti Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi va Janubiy Koreya strategiya va moliya vazirini qabul qildi.

2018-yil: O'zbekiston Prezidenti Hindistonning Rajaston va Uttar-Pradesh shtatlarida yuz bergan kuchli qum bo'roni oqibatida ko'plab insonlar halok bo'lgani munosabati bilan Hindiston Prezidentiga chuqur hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog'ayishini tiladi.

O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.

2020-yil: O'zbekiston Prezidenti yoqilg'i-energetika tarmog'ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

O'zbekiston va Qirg'iziston Prezidentlari o'rtasida telefon orqali muloqot bo'lib o'tdi.

2022-yil: O'zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.

2023-yil: O'zbekiston Prezidenti Belarus Prezidenti bilan o'tkazgan telefon orqali muloqotida qo'shma kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va savdo munosabatlarining sur'atini ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi.

 

Jahonda:

- Yaponiyada "Yashillik kuni" (2007);

- Niderlandiyada "Milliy xotira kuni";

- Latviyada "Mustaqillik kuni";

- Xitoyda "Yoshlar kuni" (1949);

- Zambiyada "Mehnat kuni".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish