"Dunyo" AA taqvimi: 2025 yil 4 oktabr
Oktabr 04, 2025. 07:19 • 8 soniya
• 248

4 oktabr – yilning 277-kuni. Yil yakunlanishiga 88 kun qoldi.
O'zbekistonda:
1995 yil: Buxoroda "O'zbekistonning jahon jarayonidagi roli va o'rni. Buxoro va jahon madaniyati" xalqaro seminar bo'lib o'tdi.
2000 yil: O'zbekiston Prezidenti Sidneyda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilarini qabul qildi.
2019 yil: O'zbekiston Prezidenti aholini issiq suv va issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash bo'yicha ustuvor vazifalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidenti Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisini qabul qildi.
2021 yil: O'zbekiston Prezidenti AQSH davlat kotibining birinchi o'rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Turkmaniston Prezidenti rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.
2022 yil: Budapesht shahrida rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston Prezidentining rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi.
2023 yil: O'zbekiston Prezidenti professional ta’lim sifatini oshirish va aholini kasb-hunarga o'qitish bo'yicha yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.
O'zbekiston Prezidenti Janubiy Koreyaning yetakchi "SK Group" kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Jahonda:
- "Butunjahon koinot haftaligi";
- Lesotoda "Mustaqillik kuni";
- Yerning birinchi sun’iy yo'ldoshi uchirildi (1957 yil).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi