"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 5-iyun
Iyun 05, 2025. 07:02 • 2 daq
• 45

Yilning 156-kuni. Yil yakunlanishiga 209 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1994-yil: Toshkentda "Xalq iste'moli mollari-94" xalqaro savdo ko'rgazmasi boshlandi. Unda Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Kipr, Pokiston kompaniyalari ishtirok etdi.
1998-yil: Toshkentda O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining XVIII qurultoyi bo'lib o'tdi.
2003-yil: O'zbekiston Prezidenti yapon-o'zbek iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'mitasi, "Mitsui" kompaniyasi boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
2007-yil: O'zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida nihoyasiga yetkazilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida bu yerga tashrif buyurdi.
2009-yil: O'zbekiston Prezidenti Bahrayn moliya vazirini qabul qildi.
2012-yil: O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida hududlarda byudjetga qo'shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish orqali narxlar barqarorligini ta'minlash, inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2020-yil: O'zbekiston Prezidenti Farg'ona viloyatiga bordi.
2023-yil: Qatar Amiri davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktorini qabul qildi.
O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo'nab ketdi.
Jahonda:
- "Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni";
- "Noqonuniy, qayd etilmagan va tartibga solinmagan baliq ovlashga qarshi kurash xalqaro kuni";
- Rossiyada "Atrof-muhit himoyachilari kuni";
- Ozarbayjonda "Suv xo'jaligi va melioratsiya xodimlari kuni";
- Daniyada "Konstitutsiya qabul qilingan kun".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi