Logo

"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 6-noyabr

Noyabr 06, 2025. 07:37 • 2 daq

276
"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 6-noyabr

6-noyabr — yilning 310-kuni. Yil yakunlashiga 55 kun qoldi.

Oʻzbekistonda:

1998 yil: Toshkent shahrida YUNESKO Ijroiya Kengashi

155-sessiyasining yakunlovchi majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur sessiya 19-oktyabrda Parijda ochilgan edi.

2002-yil: Oʻzbekiston Prezidenti Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibini qabul qildi.

2011-yil: Oʻzbekiston Prezidentining taklifiga binoan Vengriya Prezidenti Pal Shmitt rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

2015 yil: Prezident Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha Jahon banki vitse-prezidenti hamda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidentini qabul qildi. Ular mamlakatimizga Xalqaro investitsiyaviy forumda ishtirok etish uchun kelgan edilar.

2017-yil: Jizzax shahrida davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun Jizzax shahriga tashrif buyurdi.

2021-yil: Toshkentda Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti oʻz lavozimiga kirishishga bagʻishlangan tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

2024-yil: Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti dasturi doirasida Oʻzbekiston Prezidenti oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi.

Jahonda:

BMT — Urush va qurolli mojarolar vaqtida atrof-muhitni ekspluatatsiya qilishning oldini olish kuni.

Tojikiston — Konstitutsiya kuni.

Tatariston — Konstitutsiya kuni.

Finlyandiya — Shved madaniyati kuni.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish