"Dunyo" AA taqvimi: 2025-yil 9-avgust
Avgust 09, 2025. 07:58 • 56 soniya
• 64

Yilning 221-kuni. Yil yakunlanishiga 144 kun qoldi
Ushbu sanada O'zbekistonda:
1995-yil: O'zbekiston Oliy Majlisi Raisi Shveysariya tashqi ishlar federal departamenti rahbari bilan uchrashdi.
1996-yil: O'zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentining lavozimga kirishish tantanali marosimida ishtirok etdi.
2002-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSH Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi raisining o'rinbosarini qabul qildi.
2006-yil: O'zbekiston Prezidenti AQSH Davlat kotibi yordamchisini qabul qildi.
2017-yil: O'zbekiston Prezidenti raisligida Toshkentda o'tgan 7 oyi mobaynida mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag'ishlangan selektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
2018-yil: O'zbekiston Prezidenti atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
2021-yil: O'zbekiston Prezidenti iste'molchilarni neft va gaz resurslari bilan barqaror ta'minlash masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuviga tayyorgarlikning borishi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.
2022-yil: O'zbekiston Prezidenti xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.
2024-yil: O'zbekiston Prezidenti Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
Jahonda:
- "Xalqaro mahalliy xalqlar kuni";
- Singapurda "Mustaqillik kuni";
- Janubiy Afrikada "Milliy xotin-qizlar kuni";
- Rossiyada "Harbiy shon-sharaf kuni".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi