Polshadan tabriklar: Yurtimizni yanada taraqqiy ettirish bo'yicha islohotlarning hayotga tatbiq etilishida Asosiy qonunimizning o'rni beqiyos
Dekabr 06, 2023. 16:04 • 2 daq
• 277
VARSHAVA, 6-dekabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning Dambrova Gurnichna shahridagi WSB universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati o'z tabriklarini yo'llashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Javohir Abduvositov:
- Joriy yilda Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Konstitutsiya - bu insonlarning emin-erkin yashashi, o'z haq-huquqlarini anglab jamiyat yuksalishiga xizmat qilishi va davlat taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ayniqsa, yangilangan Konstitutsiyamizda belgilangan yangi normalar mamlakatimiz hayotida katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi, desak hech mubolag'a bo'lmaydi.
Ushbu sana munosabati bilan Yevropada tahsil olayotgan vatandosh talabalar nomidan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.
Shohjahon Xoliqulov:
- Barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan Polshadagi vatandoshlar nomidan chin yurakdan muborakbod etaman.
Joriy yil 30-aprel kuni o'tkazilgan umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sud-huquq sohalarini barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Bosh qomusimizga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartishlar xalqimizning turmush tarzi va farovonligiga hamda inson qadrini yuksalishiga xizmat qilyapti.
Xudoyorxon Abdujabborov:
- 1992-yilda qabul qilingan va joriy yilda o'zgartirishlar kirilgan O'zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi eng muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiya erkin va farovon mamlakatimizni yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor hamdir.
Fursatdan foydalanib, Siz aziz yurtdoshlarimni kirib kelayotgan 8 dekabr - O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Mohigul Ubaydullayeva:
- So'nggi yillarda yurtimizni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarning hayotga tatbiq etilishida, shubhasiz, Asosiy qonunimizning o'rni beqiyos.
Biz, talabalar hayotida ham Konstitutsiya muhim o'rin tutadi. Unda har bir yurtdoshimizning ta'lim olishi kafolatlagan, huquq va erkinliklari ta'minlangan.
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun ostonasida Yevropadagi va Polshadagi vatandosh talabalar nomidan xalqimizni chin dildan qutlayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi