Remko Reyding: Niderlandiya tuprog'ida qurbon bo'lgan o'zbekistonlik askarlarning jasorati va ozodlik uchun olib borgan kurashlarini hech qachon unutmaymiz
May 09, 2025. 10:32 • 57 soniya
• 56
AMERSFORT, 9-may. /"Dunyo" AA/. Niderlandiyaning "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg'armasi boshqaruv kengashi raisi Remko Reyding "Dunyo" AA uchun intervyusida Ikkinchi jahon urushi davrida ushbu mamlakatda qurbon bo'lgan o'zbekistonlik 101 nafar askar xotirasini yodga oldi:

– Niderlandiyaning Lyosden shahrida tashkil etilgan "Soviet War Cemetery Experience" muzeyi o'zbekistonlik 101 nafar askarning xotirasiga bag'ishlangan. Ushbu muzey Niderlandiya jamoatchiligi va tashrif buyuruvchilarni Ikkinchi jahon urushining halokatli oqibatlari, O'zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi, ko'rsatgan iroda va jasorati haqida xabardor etadi hamda ularning muqaddas xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladi.
An'anaga ko'ra, bugun ham har yilgidek mazkur xotira maydonida dafn etilgan 865 nafar sovet askarlari, shu jumladan, o'zbekistonlik 101 nafar askar qabriga gul qo'ydik hamda ularning xotirasini yodga oldik. Biz ularning jasorati va ozodlik uchun olib borgan kurashlarini hech qachon unutmaymiz.
O'zbekiston Hukumati bilan yaqin hamkorlikda ishlayotganimizdan mamnunmiz.
Niderlandiyaning "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg'armasi boshqaruv kengashi raisi sifatida men va Jamg'arma vakili Natalya de Yong O'zbekiston Hukumati va mudofaa vaziri nomidan ko'krak nishonlari bilan taqdirlandik. Ushbu ko'rsatilgan yuksak ishonch va ehtirom uchun minnatdorlik bildiramiz.
O'zbekiston tomoni bilan hamkorligimizni yana-da jadallashtirishga tayyormiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi