Logo

Turkiyada O'zbekiston Asosiy qonuni qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda

Dekabr 07, 2023. 15:37 • 58 soniya

204
Turkiyada O'zbekiston Asosiy qonuni qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda

ANQARA, 7-dekabr. /"Dunyo" AA/. Anqara shahridagi Hoji Bayram Valiy universitetida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda universitet professor-o'qituvchilari va talabalari qatnashdi.

Ishtirokchilarga yangilangan Bosh qomusimiz haqidagi muhim ma'lumotlar o'rin olgan materiallar tarqatildi. O'zbekiston elchixonasi xodimlari 8 dekabr – O'zbekiston Konstitutsiyasi kuni mavzusida taqdimot o'tkazdilar. Unda asosiy e'tibor Bosh qomusimiz tarixi, mazmun-mohiyati, joriy yil 30 aprel kuni o'tkazilgan referendum natijasida kiritilgan o'zgarishlarga qaratildi.

Yangilangan Konstitutsiya Yangi O'zbekistonni barpo etishning muhim huquqiy asosiga aylangani, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxtu saodatining kafolati bo'lgani ta'kidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgani bildirildi.

Tadbirda so'z olganlar Yangi O'zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasi barcha asosiy umuminsoniy qadriyatlar va huquq me'yorlarini qamrab olgani bilan ajralib turishini alohida qayd etdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish