30-iyun – O'zbekiston Yoshlari kuni Belarusda ham keng nishonlandi
Iyul 02, 2025. 15:52 • 57 soniya
• 494
MINSK, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. Belarus poytaxtida O'zbekiston Yoshlari kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va mamlakatimiz elchixonasi ko'magida yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi rolini oshirish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, yoshlar tashabbuslarini ilgari surish va o'sib kelayotgan avlodda vatanparvarlik ruhini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Unda Belarus oliy o'quv yurtlari, davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, o'zbekistonlik va belaruslik talabalar ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Yangi O'zbekiston konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'zlab berildi.
O'zbekiston elchixonasi va Belarus yoshlar tashkilotlari vakillari o'z chiqishlarida, yoshlar har ikki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutishini ta'kidladilar. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda, jumladan, O'zbekiston-Belarus munosabatlarini yana-da kengaytirishda yoshlar o'rtasidagi yaqin aloqalarning ahamiyati beqiyos ekanligi qayd etildi.
Yig'ilganlar e'tiboriga vokal chiqishlar, milliy va zamonaviy o'zbek raqslari, shuningdek, ikki mamlakat milliy liboslari namoyishini o'z ichiga olgan konsert dastur taqdim etildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida o'zbek xalqining boy madaniyati va an'analari, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari aks etgan fotosuratlar namoyishi hamda qiziqarli tanlovlar tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni AQShda keng nishonlandi