Tokioda Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-ma'rifiy anjuman bo'lib o'tdi
Aprel 25, 2025. 10:23 • 39 soniya
• 764
TOKIO, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Tokio Xorijiy tillar universitetida Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-ma'rifiy anjuman o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Yaponiya akademik doiralari vakillari, universitet talabalari, o'zbek adabiyoti ixlosmandlar, shuningdek, O'zbekiston va Turkiyadan kelgan yetakchi olimlar va boshqalar ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga Behbudiy faoliya, xususan zamonaviy maktablar tashkil etish, matbuot va teatr san'atini rivojlantirishdagi xizmatlari haqida ma'lumot berildi.
Ma'ruzalardan so'ng ishtirokchilar o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Tadbir doirasida "Mahmudxo'ja Behbudiy" badiiy-publitsistik filmi namoyish etildi, shuningdek, jadidchilik harakati namoyondalari faoliyatiga bag'ishlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Yaponiya tomoniga o'zbek jadidlari qalamiga mansub 20 dan ortiq filmlar topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Tailandda davlat ramzlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Umra ziyoratchilari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
Italiyada yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi e'tirof etildi
Davlat ramzlari – mustaqillik timsoli, farovon hayot garovi!
Janubiy Koreyada O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun nishonlandi