O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili TIVda YEXHT raisining maxsus elchisi bilan uchrashdi
Sentabr 05, 2025. 20:35 • 46 soniya
• 447
TOSHKENT, 5-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha amaldagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) raisining maxsus elchisi Terri Hakala bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV xabari, uchrashuv chog'ida tomonlar Afg'oniston masalasida hamkorlikning hozirgi bosqichini muhokama qildilar. Shu bilan birga, afg'on muammosini tinchlik yo'lidagi sa'y-harakatlar orqali hal etishda muntazam muloqotni davom ettirishga o'zaro intilish qayd etildi.
Terri Hakala O'zbekistonning Afg'oniston masalasida yagona mintaqaviy yondashuvni shakllantirish yo'lidagi sa'y-harakatlarini yuksak baholadi.
Shuningdek, uchrashuvda Afg'oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, mazkur mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi va O'zbekiston hamda YEXHT o'rtasida amaliy muloqotni yana-da rivojlantirishga bo'lgan o'zaro intilish tasdiqlandi.
Eslatib o'tamiz, Teri Hakala 2021-2025-yillarda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili bo'lib ishlagan.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Rigada Oʻzbekiston milliy stendi taqdim etildi
Krasnoyarsk viloyatining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirildi