«Diplomatic World Sweden»: Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi strategik hamkorlikni chuqurlashtirmoqda
Oktabr 26, 2025. 11:00 • 38 soniya
• 43
STOKGOLM, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. Shvetsiyaning "Diplomatic World Sweden" nashrida Oʻzbekiston Prezidentining 23-24-oktyabr kunlari Bryusselga buyurgan tashrif yakunlariga bagʻishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ta'kidlanishicha, qariyb 30-yillik tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimning imzolanishi tomonlarning oʻzaro munosabatlarida yangi bobni ochdi.
"Bitim oʻzaro savdoni ragʻbatlantirishdan tashqari, iqlimni muhofaza qilish boʻyicha choralarni tezlashtirish, xavfsizlikni mustahkamlash, migratsiyani boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga yordam beradi", – deyilgan materialda.
Nashrda yozilishicha, Oʻzbekiston yetakchisining Bryusselga tarixiy tashrifi mamlakatning xalqaro obroʻsini yanada mustahkamlaydi hamda respublikaning Yevropa Ittifoqining konstruktiv va ishonchli hamkori boʻlishga jiddiy yondashayotganini namoyish etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Rigada Oʻzbekiston milliy stendi taqdim etildi
Krasnoyarsk viloyatining Oʻzbekistonga tashrifi amalga oshirildi