Logo

Moskva shahridagi "Altufyevo" markazida boʻlgn oʻzbekistonlik bolalarning yashash sharoitlari oʻrganildi

Oktabr 26, 2025. 14:25 • 42 soniya

24
Moskva shahridagi "Altufyevo" markazida boʻlgn oʻzbekistonlik bolalarning yashash sharoitlari oʻrganildi

MOSKVA, 26-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya amaliy safari doirasida Moskva shahridagi "Altufyevo" voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tarif davomida markazda vaqtincha yashab kelayotgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan voyaga yetmagan bolalar bilan suhbatlar oʻtkazildi. Bolalarning har biri alohida tashkil etilgan muloqotda ularning ta'lim olishi, sogʻligʻi va psixologik holatiga alohida e'tibor qaratildi. Bolalar suhbatda ularga ta'lim olish va dam olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini, tarbiyachilar mehr va e'tibor bilan munosabatda boʻlayotganini aytishdi.

Hozirgi vaqtda ushbu muassasada besh nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan bolalar saqlanmoqda. Ularni tez orada Oʻzbekistonga yaqinlari bagʻriga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va mamlakatimiz elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish