Logo

Qozog'istonning Turkiston shahrida o'zbek tili, madaniyati va an’analariga bag'ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Oktabr 20, 2025. 07:40 • 54 soniya

242
Qozog'istonning Turkiston shahrida o'zbek tili, madaniyati va an’analariga bag'ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi

TURKISTON, 20 oktabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Turkiston shahrida o'zbek tili, madaniyati va an’analariga bag'ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi va Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Qozog'iston xalqlari Assambleyasi raisi o'rinbosari, Turkiston viloyati Maslexat kengashi va ushbu viloyat hokimiyat vakillari, o'zbek milliy markazlari rahbarlari va vatandoshlar qatnashdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'zining madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishini ta’kidladilar. O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug' ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta’minlashda bu kabi ishlarning ahamiyati juda ham dolzarb va beqiyos ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida o'zbek tilida she’rxonlik, konsert dasturlari tashkil etildi, terat san’ati ustalari ishtirokida spektakl namoyish etildi. Shuningdek, atoqli o'zbek shoir va yozuvchilarining asarlari va hunarmandchilik ko'rgazmasi tashkil etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish