Logo

O'zbekistonda havo va suv ifloslanishi muammosini hal etish bo'yicha qilinayotgan chora-tadbirlar Tojikiston OAV nigohida

Yanvar 31, 2024. 17:01 • 2 daq

223
O'zbekistonda havo va suv ifloslanishi muammosini hal etish bo'yicha qilinayotgan chora-tadbirlar Tojikiston OAV nigohida

DUSHANBE, 2-fevral. /"Dunyo" AA/. Tojikistonning "Avesta" axborot agentligi «O'zbekiston havo va suv ifloslanishi muammosini qanday hal qilmoqda» sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, hududlarda sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash borasidagi siyosat izchil amalga oshirilayotgani ta'kidlangan. «So'ngi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvining yangi tizimi shakllantirildi, bir qator muhim me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, strategik va dasturiy hujjatlar loyihalari yangilandi», - deyiladi maqolada.

Ma'lum qilinganidek, joriy yanvar oyining o'zida ushbu hayotiy muhim masalaning turli jihatlarini tartibga soluvchi bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar imzolandi.

«Xususan, shu yil 8-yanvar kuni O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta'minotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorda, 2024-yilda 765 ta ko'p qavatli uyga umumiy quvvati 15,3 MVt bo'lgan quyosh panellari o'rnatilishi belgilangan»,- deb yozgan agentlik.

Maqolada O'zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish va chiqindilarning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha ishlar haqidagi muhim ma'lumotlar ham o'quvchilar e'tiboriga taqdim etilgan.

«Ushbu muhim qadamlar nafaqat huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni oshirish, balki mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan "yashil" tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashda fuqarolar va tadbirkorlarning faol ishtirokini rag'batlantirishga qaratilgan», - deb yozgan "Avesta".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish