Logo

O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi

Iyul 12, 2025. 11:36 • 41 soniya

58
O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi

BELGRAD, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Qishloq, o'rmon va suv xo'jaligi vazirligining xalqaro hamkorlik va xalqaro tashabbuslar bo'yicha davlat kotibi Stana Bojovich bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqotda qishloq, o'rmon va suv xo'jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


Xususan, urug'chilik, fitosanitariya, veterinariya, irrigatsiya va suvdan oqilona foydalanish sohalarida sheriklikni yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Serbiya tomoni O'zbekistonning tegishli vazirliklari bilan o'zaro hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi va qo'shma tashabbuslarni boshlash uchun zarur huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni ishlab chiqishga tayyorligini tasdiqladi.


Muzokaralar yakunida ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish bo'yicha amaliy qadamlarni belgilash maqsadida ikki davlatning tegishli idoralari o'rtasida muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish