O'zbekiston mahsulotlarini Qozog'iston portlari orqali tashish masalalari muhokama qilindi
Dekabr 03, 2024. 10:13 • 37 soniya
• 159
OQTOV, 3-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Jamoliddin Abdukarimov Qozog'istonning Mang'istau viloyatidagi "Quriq port" bosh direktori Serik Axmetov bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Port rahbari bandargohning ayni paytdagi holati, infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish uchun xalqaro hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar xususida so'zlab berdi.
"Quriq port"ni kelgusida rivojlantirish uchun bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, shu jumladan portda "Sarja" ko'p funksiyali dengiz terminali qurilishi yakunlanmoqda.
Ushbu transport-logistika markazi loyihasi don va ko'p funksiyali terminallar va umumiy yuk terminallari qurilishini o'z ichiga oladi. Bu portning yuk o'tkazuvchanlik imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi", dedi u.
Qozog'iston tomoni o'zbekistonlik eksportchilar murojaatlarini qabul qilish va ular bilan yaqindan ishlashga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi