Logo

O'zbekistonning eksport salohiyati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari Guanchjouda o'tgan ko'rgazmada namoyish etildi

Avgust 27, 2025. 13:40 • 29 soniya

67
O'zbekistonning eksport salohiyati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari Guanchjouda o'tgan ko'rgazmada namoyish etildi

GUANCHJOU, 27-avgust. /"DunyoAA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Guanchjou shahrida bo'lib o'tgan "Guangzhou Fair" ko'rgazmasida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston stendida milliy hunarmandchilik va to'qimachilik mahsulotlari, mamlakatimiz hududlarining sayyohlik salohiyati va eksport imkoniyatlari taqdim etildi.

Yuqori sifat va nafis did bilan yaratilgan betakror buyumlar, jumladan, so'zana, kiyim-kechaklar, keramika, yog'och va temirdan yasalgan mahsulotlar ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Ko'rgazma maydonida O'zbekistondan mahsulotlari eksportini amalga oshirish tartibi va salohiyatli hamkorlar faoliyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish