O'zbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyati Guanchjouda o'tgan xalqaro ko'rgazmada taqdim etildi
Iyul 03, 2025. 16:04 • 2 daq
• 72
GUANCHJOU, 3-iyul. "Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Guanchjou shahrida bo'lib o'tgan "China International Small and Medium Enterprises Fair" ko'rgazma ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko'rgazma davomida Xitoy kompaniyalari vakillari uchun O'zbekistonning investitsiyaviy va turizm imkoniyatlariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.
Taqdimotda mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, hududlarning drayver tarmoqlari hamda istiqbolli loyihalar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir ishtirokchilari davlatlarimiz o'rtasida joriy etilgan vizasiz rejim va hududlararo aviaqatnovlar sonining muntazam oshayotgani o'zaro savdo-iqtisodiy almashinuvlarni faollashtirishga, biznes vakillari hamda turizm kompaniyalari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishini ta'kidladilar.
Ko'rgazma maydonida Guandun biznes federatsiyasi vitse-prezidenti Gao Yilin bilan muzokara o'tkazildi. Unda Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining yurtimiz hududlariga biznes-missiyasini ishlab chiqish, xorijiy investorlar uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalarni o'rganish, forum, ko'rgazma va yarmarkalar ishida ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.
"China International small and Medium Enterprises Fair" ko'rgazmasi 2004-yildan beri Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi va Guandun provinsiyasi hukumati tomonidan o'tkazib kelinmoqda. Unda har yili 1000 dan ortiq korxonalar ishtirok etadi. 100 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan mazkur platforma mahalliy biznes doiralarga o'z mahsulotlarini namoyish etish, global xaridorlar bilan muloqot qilish va yangi biznes imkoniyatlarni o'rganish imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi