O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi va Farg'ona viloyati hokimligi o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari kelishib olindi
Avgust 26, 2025. 13:01 • 46 soniya
• 95
AL-KUVAYT, 26-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi xodimlari va Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar doirasida birgalikdagi ishlar ijrosi ko'rib chiqildi.
Tomonlar Kuvaytdan O'zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish va turistlar oqimini oshirish istiqbollarini ko'rib chiqdilar.
O'zbekiston elchixonasi ko'magida Farg'ona shahridagi "Central Asia Medical University" klinikasiga Kuvaytdan investitsiyalarni va mashhur brendlarni jalb qilish bo'yicha ma'lum qilindi.
Eksport uchun mahsulot tarkibini diversifikatsiya qilish maqsadida Farg'ona viloyatidagi kompaniyalar hamda Kuvaytning "International Carpet Palace" va "Sabah Trading&Contracting" kompaniyalari o'rtasida muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida Kuvaytdan investitsiyalarni jalb qilish, kuvaytlik ishbilarmonlarni Farg'ona viloyatidagi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga taklif qilishga qaratilgan istiqboldagi tadbirlar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi