Logo

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani va Xitoy provinsiyalari o'rtasida hududlararo hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Avgust 16, 2024. 11:43 • 59 soniya

173
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani va Xitoy provinsiyalari o'rtasida hududlararo hamkorlik yo'lga qo'yiladi

GUANCHJOU, 16-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari va Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimligi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani va Xitoyning janubiy provinsiyalari korxonalari o'rtasida qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Guanchjou va Donguan shaharlari tadbirkorlarining Shahrisabz tumaniga biznes-missiyasini uyushtirish, Xitoyning "Guangzhou Xilian Mineral Products Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori bilan tog'-kon sanoati yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida muzokaralar tashkil qilish, shuningdek, tumanda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga xitoylik investorlarni jalb qilishga e'tibor qaratdilar.

Shahrisabzga Xitoy hududlaridan sayyohlar oqimini ko'paytirish, tumanning ushbu sohadagi mavjud salohiyati keng targ'ib qilish masalalari onlayn muloqotning asosiy mavzularidan bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish