Britaniya O'zbekistondan mosh sotib olishga tayyor
Fevral 06, 2024. 11:07 • 34 soniya
• 416
LONDON, 6-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "AGT Poortman" kompaniyasi bosh konsultanti Jeyms Xalford bilan mosh mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv davomida Jeyms Xalford O'zbekiston agrar sohasida olib borilayotgan islohotlar – innovatsion texnologiyalarni jalb etish natijasida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni yanada rivojlanayotganini alohida qayd etdi.
Uning so'zlariga ko'ra, "AGT Poortman" kompaniyasi o'tkazgan marketing tadqiqotlari natijasida O'zbekistonda yetishtiriladigan dukkakli mahsulotning sifati Britaniya bozorida raqobatbardosh ekanligi aniqlangan.
Suhbat yakunida Jeyms Xalford O'zbekistondan 10 ming tonna mosh eksportini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Mazkur masalani O'simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi bilan ishlab chiqishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi