O'zbekiston delegatsiyasi Latviya va Litvada samarali muzokaralar o'tkazdi
Avgust 07, 2025. 16:12 • 53 soniya
• 76
VILNYUS, 9-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Dilshod Rasulov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Litvaga tashrifi doirasida biznes-forum va O'zbekiston-Litva ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirlarda ikki davlat mutasaddilari, Litvaning yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, O'zbekistonning sarmoyaviy va iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma'lumot berildi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida tashkil etilgan B2B shaklidagi uchrashuvlarda o'zaro manfaatli loyihalar va eksport-import imkoniyatlarini muhokama qildi.
Tadbir davomida Toshkent metallurgiya kombinati, "UZ Terminal" logistika markazi va Litvaning bir qator kompaniyalari vakillari korxonalari faoliyati va hamkorlik rejalari bilan tanishtirdi.
Litva Sanoatchilar konfederatsiyasi rahbari Albertas Stavichyus bilan O'zbekiston va Litva o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiyaning Latviya va Litvaga tashrifi yakunlari bo'yicha 25 million yevrodan ortiq eksport shartnomalari imzolandi. Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida Latviya va Litva tadbirkorlari ishtirokida O'zbekistonda biznes-forum o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi