Logo

O'zbekiston diplomatlari Kobulda bo'lib o'tgan xalqaro ko'rgazmada ishtirok etishdi

Oktabr 07, 2024. 10:10 • 2 daq

291
O'zbekiston diplomatlari Kobulda bo'lib o'tgan xalqaro ko'rgazmada ishtirok etishdi

KOBUL, 7-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Afg'onistondagi elchixonasi diplomatlari   Imom Abu Hanifa nomidagi uchinchi milliy va xalqaro ko'rgazma hamda savdo yarmarkasining ochilish marosimida ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Afg'oniston Savdo-sanoat va investitsiya palatasi tomonidan tashkil etilgan tadbir Kobul xalqaro ko'rgazmalar markazida 6-13 oktyabr kunlari bo'lib o'tmoqda. Unda Afg'oniston, Eron, Pokiston va Turkiyaning turli kompaniyalarining mingga yaqin stendlari o'rin olgan.


Ko'rgazma doirasida mamlakatimiz elchixonasi xodimlari Afg'onistonning "Pamir Cola Group", "Rahim Gardezi Group", "Snow Pharma", "Bashir Navid Group", "Sunich Afghanistan" va boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari hamda vakillari bilan muzokara o'tkazishdi.


Qo'shni mamlakat kompaniyalariga O'zbekistonning ulkan eksport salohiyati, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.


Afg'oniston investitsiyasini jalb etgan holda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish uchun ularni O'zbekistonning salohiyatli bozoriga jalb qilish, shuningdek, yurtimizda o'tkaziladigan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar natijasida Afg'oniston kompaniyalari vakillari O'zbekistondan meva-sabzavot, farmatsevtika va kimyo mahsulotlari, qurilish materiallarini ekspert qilish va mamlakatimizda investitsiyaviy faoliyatni yo'lga qo'yish maqsadida yurtimiz tadbirkorlari bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yishga tayyorliklarini bildirishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish